Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi maʼlum qildi.
Shulardan:
- Yoshga doir pensiya oluvchilar — 3 million 514,1 ming nafar.
- Nogironlik pensiyasi oluvchilar — 482,1 ming nafar.
- Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi oilalar — 245,6 ming nafar.
Bu raqamlar mamlakat aholisining katta qismi pensiya tizimi bilan qamrab olinganini koʻrsatadi.
Maʼlumotlarga koʻra, eng koʻp pensiya oluvchilar:
- Fargʻona viloyatida qayd etilgan — 500,8 ming nafar.
- Samarqand viloyatida — 451,6 ming,
- Andijon viloyatida — 399,0 ming,
- Toshkent viloyatida — 383,1 ming,
- Toshkent shahrida — 380,4 ming nafar pensiya oluvchilar bor.
Eng kam koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — bu yerda bor-yoʻgʻi 108,9 ming nafar fuqaro pensiya oluvchi sifatida roʻyxatda turibdi.
Qolgan hududlar boʻyicha raqamlar quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 226,7 ming
- Xorazm viloyati — 235,4 ming
- Buxoro viloyati — 268,6 ming
- Navoiy viloyati — 142,1 ming
- Jizzax viloyati — 145,2 ming
- Surxondaryo viloyati — 285,2 ming
- Qashqadaryo viloyati — 381,4 ming
- Namangan viloyati — 333,2 ming








