Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi maʼlum qildi.

Shulardan:

  • Yoshga doir pensiya oluvchilar — 3 million 514,1 ming nafar.
  • Nogironlik pensiyasi oluvchilar — 482,1 ming nafar.
  • Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi oilalar — 245,6 ming nafar.

Bu raqamlar mamlakat aholisining katta qismi pensiya tizimi bilan qamrab olinganini koʻrsatadi.

Maʼlumotlarga koʻra, eng koʻp pensiya oluvchilar:

  • Fargʻona viloyatida qayd etilgan — 500,8 ming nafar.
  • Samarqand viloyatida — 451,6 ming,
  • Andijon viloyatida — 399,0 ming,
  • Toshkent viloyatida — 383,1 ming,
  • Toshkent shahrida — 380,4 ming nafar pensiya oluvchilar bor.

Eng kam koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — bu yerda bor-yoʻgʻi 108,9 ming nafar fuqaro pensiya oluvchi sifatida roʻyxatda turibdi.

Qolgan hududlar boʻyicha raqamlar quyidagicha:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 226,7 ming
  • Xorazm viloyati — 235,4 ming
  • Buxoro viloyati — 268,6 ming
  • Navoiy viloyati — 142,1 ming
  • Jizzax viloyati — 145,2 ming
  • Surxondaryo viloyati — 285,2 ming
  • Qashqadaryo viloyati — 381,4 ming
  • Namangan viloyati — 333,2 ming