Prezidentimiz islohotlarning ilk kunlaridanoq tadbirkorlar bilan hamfikr boʻlib, iqtisodi qudratli, sanoati raqobatbardosh, moliyaviy tizimi barqaror, barcha sohalari investorlar uchun jozibador boʻlgan Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga kirishilganini qayd etdi.

Oʻtgan sakkiz yilda iqtisodiyotimizning koʻplab tarmoqlari yangidan tashkil etildi. Bu davrda 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, shundan 120 milliarddan ortigʻi – xorijiy sarmoya.

Bir qarashda aytishga oson ushbu raqamni oldinlari hisob-kitob qilish tugul, tasavvur qilib ham boʻlmasdi. Lekin biz buni uddaladik”, — dedi Prezidentimiz.

Turli nizo va ziddiyatlar tufayli jahon iqtisodiyoti gʻoyat murakkab davrni boshidan oʻtkazayotgan bir vaqtda pragmatik va proaktiv siyosat tufayli birinchi yarim yillikda iqtisodiyotimiz 7,2 foizga oʻsgani taʼkidlandi.