Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi, yaʼni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025-yilgacha parallel ravishda muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank mazkur masalaga munosabat bildirdi.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan koʻzda tutilmagan”, deyiladi xabarida.