Mazkur axborot Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ma'lumotlari bazasi asosida 2020 yil 1 iyun` holatiga ko'ra shakllantirildi.
Unga ko'ra, joriy yil 1 iyunga qadar mamlakatimizda 37 940 ta yangi korxona tashkil etilib, 453 386 ta korxona davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
Ro'yxatdan o'tgan tijorat korxonalaridan 252 690 tasi mas'uliyati cheklangan jamiyat, 93 558 tasi xususiy, 34 407 tasi oilaviy, 2 971 tasi unitar, 686 tasi aksiyadorlik jamiyati va 4 357 tasi boshqa korxonalardir.