Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislarining soʻnggi 5-yildagi qishloq xoʻjaligi rivojlanishi boʻyicha tahlilida keltirilgan.
Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sohasi mintaqada yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda: yalpi mahsulot hajmi Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonning koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlib, bu uning koʻlami va strategik ahamiyatini aks ettiradi.
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligida band boʻlgan bir kishiga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat dunyodagi oʻrtacha darajadan 4,4 baravar yuqori boʻlib, bu agrar sektorning samaradorligi va uning unumdorligi ortib borayotganini koʻrsatadi.
Mamlakat aholisining faol oʻsishiga qaramay, aholi jon boshiga nisbatan qishloq xoʻjaligining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish barqaror oshib bormoqda:
- Don ekinlari – 238,2 kg (5-yil ichida +7,6 foiz)
- Kartoshka – 100,0 kg (+8,7 foiz)
- Sabzavotlar – 322,7 kg (+6,1 foiz)
- Meva va rezavorlar – 88,0 kg (+7,4 foiz)
- Uzum – 49,1 kg (+2,9 foiz)
- Poliz ekinlari – 72,2 kg (+17,2 foiz)
- Goʻsht– 79,2 kg (+7,5 foiz)
- Sut – 334,8 kg (+4,9 foiz)
- Tuxum – 236,9 dona (+2,4 foiz).
Bu koʻrsatkichlarning oʻsishi soha jadal rivojlanayotgani va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha erishilayotgan muvaffaqiyatdan dalolat beradi.