Qayd etilishicha, haftalik doirasida mamlakatimiz boʻylab qator madaniy-maʼrifiy, ilmiy va sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Haftalikdan koʻzlangan asosiy maqsad — respublikamizdagi barcha qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ijodiy faoliyatlarini ommalashtirish, milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga fidoyi qizlar safini yanada kengaytirish.
Haftalikning ilk kunida “Oʻzbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini taʼminlash masalalari” mavzusidagi Respublika Forumi boʻlib oʻtdi.