Oʻzbekistonda qoʻshimcha ish uchun BHMning 1,5 baravaridan 2 baravarigacha maosh toʻlanadi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlash va ularning davomiyligini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.

    Qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksiga ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlash va ularning davomiyligini soddalashtirish maqsadida oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarning maksimal davomiyligi yiliga 120 soat boʻlishi haqidagi normani bekor qilish nazarda tutilmoqda.

    Shuningdek, hujjatda ish vaqtidan tashqari ishlarga kunlik dastlabki ikki soat uchun kamida bir yarim baravar, ikki soatdan ortiq ishlaganlarga esa kamida ikki baravar miqdorda haq toʻlanadigan normalar belgilangan.

    Deputatlarning taʼkidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning mehnat huquqlarini taʼminlashga, tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishga va xodimlarning daromadlarini koʻpaytirishga xizmat qiladi.