— Xabaringiz bor, shu yil 20-avgust kuni Siz, hurmatli tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot doirasida, 7 ta yoʻnalish boʻyicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish uchun, alohida Dastur qabul qildik.

Shu bilan birga, biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish boʻyicha, tizimli ishlarimizni izchil davom ettiramiz.

Yaxshi bilasizlar, 2020-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion soʻm mablagʻ qoladi, degani.

Endi, zarur tayyorgarlik koʻrgan holda, 2023-yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.