2023-2024 oʻquv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.
Shuningdek, shu yilning oʻzida xorijiy ekspertlardan iborat boʻlgan reproduktologiya, embriologiya, sitologiya, genetika yoʻnalishlarida ilmiy tatqiqot ishlarini olib boruvchi va ushbu yoʻnalishlarda ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu zamonaviy ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash Oʻzbekistonda ilk bor yoʻlga qoʻyilmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirda mamlakatimiz aholisi orasida tugʻilish koeffitsiyenti 3,2 ni tashkil etib, har yili qariyb 1 million nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keladi.