O'zbekistonda “Samuray” filmi tasvirga olinadi

    To'liq metrajli mazkur badiiy filmda tartib-intizomni qadrlovchi yo'l patrul xizmati xodimining qiziqarli sarguzashtlarga boy bo'lgan hayoti tasvirlanadi.

    Yaqinda Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor S. Sultonovning “Samuray” nomli film tasvirga olinishi kutilmoqda.

    To'liq metrajli mazkur badiiy filmda tartib-intizomni qadrlovchi yo'l patrul xizmati xodimining qiziqarli sarguzashtlarga boy bo'lgan hayoti tasvirlanadi.

    Filmda asosiy g'oya insonning o'z kasbiga sodiqligi, unga mas'uliyat bilan yondashishi, har qanday vaziyatda ham o'z faoliyatiga sadoqat bilan munosabatda bo'lishi bilan bog'liq voqealar orqali ochib beriladi.