Qayd etilishicha, bu nafaqat mamlakatimizga boʻlgan qiziqishni tasdiqlovchi tarixiy natija, balki turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini koʻrsatuvchi dalildir.

2024-yilning shu davriga nisbatan xorijiy sayyohlar soni qariyb 20 foizga koʻpaygani soha uchun katta yutuq hisoblanadi.

2025-yil aprel oyida Oʻzbekiston birinchi marta bir oy davomida 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qildi, may oyida esa yangi rekord oʻrnatildi — 1,1 million sayyoh.

Mamlakatimiz imijini oshirish, vizasiz rejimni kengaytirish, sohaga sarmoyalar jalb qilish hamda xalqaro sayyohlik koʻrgazmalari, forumlar va roud-shoularda faol ishtirok etish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli oʻsish surʼati davom etmoqda.