O‘zbekistonda so‘nggi 9 oy ichida “chiroyli” avtoraqamlar 221,1 mlrd soʻmga sotilgan

    Spotʼni Respublika tovar-xomashyo birjasining hisobotiga tayanib xabar berishicha,  2021 yilning 9 oylik yakunlariga koʼra elektron davlat xaridlari boʼyicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi oʼtgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 6 755,7 mlrd soʼmga teng boʼldi.

    Elektron tijoratning B2B modelini aks etuvchi koʼrgazma-yarmarka savdolarining hajmi joriy yil 9 oylik davrda 1 353,8 mlrd soʼmni tashkil etdi.

    Koʼrib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-auktsionlar orqali 221,1 mlrd soʼmlik 105,6 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi.

    Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi — 450,5 ming soʼmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʼmni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning oʼrtacha qiymati 2,1 mln soʼmga teng boʼldi.