Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi.

Ushbu tashabbus ayol tadbirkorlarning biznesda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kengash ayol tadbirkorlarning muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri parlamentga yetkazish vakolatiga ega boʻlib, ularning biznes tashabbuslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Kengash tarkibida 27 ta aʼzo, shulardan 21 nafari tadbirkor ayollar. Ular tomonidan:

  • 2 639 ta yangi ish oʻrni yaratilgan
  • $7,6 mlnlik eksport amalga oshirilgan
  • 402,8 mlrd soʻmlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

Mazkur yangilik mamlakatdagi ayol tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Biznes olamida oʻz oʻrnini mustahkamlashni istagan barcha ayollar uchun yangi davr boshlanmoqda!