Ushbu konferensiya tartibga solish siyosatiga bagʻishlangan II konferensiya boʻlib, unda Oʻzbekiston Parlamenti va Hukumati aʼzolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamoat tashkilotlari, “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti, shuningdek Qirgʻiziston, Tojikiston va Moʻgʻuliston hukumati vakillari onlayn formatda ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda tartibga solish siyosati, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholashdagi dastlabki natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur konferensiyani tashkil etishdan maqsad vazirlik va idoralar rahbarlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashga oid bilim, malaka va amaliy koʻnikmalarini oshirish. Ushbu sohada Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va ularning huquqiy asoslari, dastlabki natijalar va rivojlangan davlatlar tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.

Tartibga solish siyosati soliq va pul-kredit siyosati bilan bir qatorida mamlakatda iqtisodiyotni boshqarish, barqaror rivojlanishga erishish uchun qoʻllaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.

Haqiqatdan ham COVID-19 inqirozining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda, pandemiyaning deyarli har bir bosqichida aynan tartibga solish choralaridan foydalanildi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri – Ruslanbek Davletov, YETTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Alkis Drakinos va USAID ning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori – Mikaela Meredit oʻz nutqlari bilan ochib berishdi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyat uchun uning xavfsizligi va sogʻlom turmush tarzini himoya qiluvchi qoidalar albatta zarurligi, biroq, ularning sifati va samaradorligini taʼminlab berolmaslik, aksincha iqtisodiy rivojlanish yoʻlida, yaʼni biznes yuritishda toʻsiqlar yaratilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etib, samarali tartibga solish siyosati orqali har qanday barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mumkinligi haqida toʻxtaldi.

Bugun jamiyatimizdagi oʻzgarishlar, shu jumladan fuqarolar va biznes vakillari qaror qabul qiluvchilardan ochiqshaffof va dalillarga asoslangan qonunchilikni talab qilmoqda.

Bu borada Oʻzbekistonda norma ijodkorligini modernizatsiya qilish, qonunlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq “aqlli tartibga solish” vositalari, jumladan, tartibga solish taʼsirini baholash tizimi keng joriy etilmoqda.

Taʼkidlab oʻtish lozimki, tartibga solish taʼsirini baholash tizimi oldindan oʻylangan, keltiradigan foyda va xarajatlari tahlil qilngan, koʻzlangan maqsadga erishish imkonini beradigan, ijrosini taʼminlash mumkin boʻlgan, sifatli va barqaror qonunchilikni yaratishga imkon beradi.

Oʻtgan yildan boshlab tartibga solish taʼsirini baholash tizimidan foydalanishning faollashishi oʻzining samarasini bera boshladi.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan baholashdan oʻtkazilgan loyiha orqali biznesga oʻrtacha yiliga 500 mlrd soʻmdan ortiq xarajat keltirishi, asosiysi, yuqori moliyaviy mablagʻlar sarflanishiga qaramasdan oʻz samarasini bermaydigan qarorning qabul qilinishi oldi olindi.

Mazkur loyiha tajriba-sinov tariqasida mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida baholashdan oʻtkazilgan boʻlib, konferensiyada uning taqdimoti oʻtkazilib, ishtirokchilarga kitob koʻrinishida taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda Jacobs, Corvodva & Associates tashkilotining katta direktori Dr. Sezar Kordova maʼruzasida soʻnggi bir yilda Oʻzbekistonning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini oʻrgangan holda, ushbu tizimni samarali yoʻlga qoʻyilganligi, boshqa mamlakatlar tajribasidan oʻzining samarali yonalishlari bilan ajralib turishi haqida gapirib, bu sohada keyingi qadamlar haqida oʻz taklif va mulohozalarini bildirdi.

YETTBning vakili esa Oʻzbekistonda ushbu tizimini gender jihatdan taʼsirchanligini taʼminlash hamda taʼsirni baholash jarayonida gender inklyuzivlikni qoʻllash boʻyicha firklarini bayon etdi.

Konferensiyaning ikkinchi sessiyasida muhokamalar forumi tashkil qilinib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati va Hukumat vakillari, shuningdek, Adliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosarlari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekistondagi tartibga solish siyosati, muhiti va uning istiqbollar haqida oʻzaro fikr almashishdi.

Konferensiya davomida norma ijodkorligi amaliyotining bugungi holati davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga dalillarga va hisob-kitoblarga asoslanmagan qarorlarning qabul qilinishi oqibatlari hamda tartibga solish taʼsirini baholashning afzalliklari aniq misollar bilan tushuntirib berildi.

Koʻzlangan asosiy maqsad, sifatli va samarali, ortiqcha xarajatsiz, ijro etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilinishini taʼminlash.