Oʻzbekistonda “turoperator – mehmonxona – transport – savdo va xizmat koʻrsatish” kompleks xizmatlarini koʻrsatuvchi turistik klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Turizm sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish va davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida taʼkidlangan.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda turistik xizmatlarni sertifikatlash va turizm infratuzilmasi obektlari, shuningdek, joylashtirish vositalarini tasniflash jarayoni uchun QR-kod orqali turistlarni baholashning toʻliq raqamlashtirilgan tizimi joriy etiladi.