Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 1882 ta korxona faoliyat yuritmoqda

    Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2021 yilning mos davriga nisbatan 306 taga oshgan.

    Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1882 ta tashkil etgan.

    Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 765 tasi qoʼshma korxona va 1117 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

    2021-yil davomida Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 407 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

    Yillar kesimida Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

    2018-yilda – 364 ta

    2019-yilda – 437 ta

    2020-yilda – 330 ta

    2021-yilda – 407 ta