Bu haqda hukumatning 28-fevraldagi farmoyishida belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, hasharlar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etiladi.
Hujjatga koʻra, umumxalq xayriya hashari davomida mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, koʻcha va yoʻlaklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi, daraxtlarni oqlash va butash ishlarini tashkil etiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va aholi xonadonlari atrofiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekiladi.