Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Afgʻonistonda aniqlangan vabo kasalligi Oʻzbekistonga kirib kelgani haqida tarqalgan maʼlumotlar mutlaqo yolgʻon. Oʻzbekistonda shu paytga qadar biror marta vabo kasalligi aniqlanmagan.