Nurmat Atabekovga soʻzlariga koʻra, vaksina qabul qilganidan keyin koronavirus bilan kasallanganlarda kasallik asosan oʻrtacha formada kechmoqda. Kam hollardagina koronavirusning ogʻir (barcha vaksinalar) va oʻta ogʻir (faqat ZF-UZ-VAC 2001 va “Sputnik V”) formalari kuzatilgan.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, COVID-19ga qarshi emlash kasallikning osoyishta kechishi va ogʻir holatlar sonining kamayishiga imkon yaratadi.