Oʻzbekistonda xalqaro “Global Money Week” haftaligini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik boshlandi

    Moliya 19 Fevral 2021 411

    Markaziy bank joriy yil 22-28-mart kunlari dunyo boʻylab oʻtkaziladigan “Umumjahon pul haftaligi”ni (“Global Money Week”) Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazish ustida ish boshladi.

    Markaziy bankda tijorat banklari vakillari bilan uchrashuv davomida ushbu kampaniyani tashkil etish masalalari muhokama qilindi. “Umumjahon pul haftaligi” doirasida respublika miqyosida keng koʻlamli taʼlim va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

    Markaziy bank Oʻzbekistonda “Umumjahon pul haftaligi” doirasida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarni muvofiqlashtiradi.

    Manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlar “Umumjahon pul haftaligi” (“Global Money Week”) kampaniyasini oʻtkazishda ishtirok etishga taklif etiladi.

    Maʼlumot uchun: “Global Money Week” – bolalar va yoshlaring moliya boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan global taʼlim kampaniyasi. Moliyaviy taʼlimning hamda bolalar va yoshlarni moliya sohasiga jalb qilishning muhim ahamiyati toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish maqsadida dunyoning turli mamlakatlari ishtirok etishadi. 2020-yilda ushbu tadbirga 175 ta mamlakat jalb qilindi.