U umri davomida Oʻzbekistonda doira sanʼatining rivojlanishida fidokorona xizmat qildi.
Dilmurod Islomov respublika “Zarb koʻrik-tanlovi”ning va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi.
Shuningdek, doira ijrochiligi sanʼati boʻyicha 2014-yilda “Ustozlardan doira saboqlari” toʻplamini, 2015-yilda “Maxsus cholgʻu (doira usullari: ustozlar saboqlari)” oʻquv qoʻllanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi.
Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda boʻlib, oʻzbek sanʼatini olamga tanitishga oʻz hissasini qoʻshdi.
Dilmurod Islomov doira sanʼatining jonkuyar ustoz sanʼatkori va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.









