Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Joʻrayev vafot etdi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Joʻrayev 63 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda aktrisa va teleboshlovchi Mavluda Ahmedova ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirdi.

    Ravshan Joʻrayev “Bobur”, “Chaqaloq”, “Koʻngil koʻchalari”, “Shaytanat”, “Buyuk sharaf” va boshqa filmlardagi rollari bilan tanilgan.

    Yuz.uz tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.