Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xayrulla Joʻrayev 78 yoshida vafot etdi

    Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xayrulla Joʻrayev19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etdi.

    Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinorejissyor va muharrir Xayrulla Joʻrayev 1945-yilda Jizzaxda tugʻilgan. 1970-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan.

    Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor, muharrir, bosh muharrir (1976–87). “Videofilm” markazi direktori (1988–89). Prezident devonida masʼul xodim (1990–92), Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasi raisi (1992–93), Oʻzbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1993–96), 1996-yilda Madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida ishlagan.