Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash boʻyicha daʼvogar boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligiga talabnoma taqdim etgan xususiy klinikalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq talablarga mos ekanligini aniqlash va taʼlim jarayoni boshlanishini belgilash Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya xulosasiga muvofiq, bunday xususiy klinikalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan shart va talablarga mos boʻlganlari tanlab olinadi.
Har bir xususiy klinikaga sifatli taʼlim jarayon amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib:
— oʻqitiladigan mutaxassisliklar roʻyxati;
— qabul kvotalari koʻrsatkichlari;
— qabul jarayoni uchun masʼul kotiblar nomzodlarini belgilanadi.
Klinik ordinatura mutaxassislarini tayyorlaydigan xususiy klinikalar davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga hududlar kesimida biriktiriladi.
Biriktirilgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari xususiy klinikalarga qabul jarayoni, nazariy taʼlim jarayoni, sifatli uzluksiz taʼlim jarayoni, bilim va koʻnikmalar nazoratida metodik yordam koʻrsatib boradi.
Klinik ordinatorlarni oʻqitish vakolati berilgan xususiy klinikalar oʻrnatilgan muddatda akkreditatsiyadan oʻtishi taʼminlanib, belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.