Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 % ga oʻsdi

    Mamlakatimizda 29 Yanvar 2025 2082

    Bu koʻrsatkich 2023-yil bilan taqqoslaganda 6,5 % ga oʻsgan.

    Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 454,6 trln soʻmni tashkil etdi.

    YAIM hajmi oʻrtacha almashuv kursi (12 652,7 soʻm) boʻyicha 115,0 mlrd AQSH dollariga teng.

    2024-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln soʻm (3 092,7 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2023-yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oshgan.