“Agro TV” agrosanoat sohasidagi ma'lumotlarni to'liq yorituvchi innovatsion telekanal bo'lib, asosan, tomoshabinga qishloq xo'jaligidagi so'nggi yangiliklar, xalqaro tajriba, innovatsiyalar xaqida, shuningdek, etakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikrlari bilan tanishish imkoniyatini berishga ixtisoslashgan.
“Agro TV” telekanali 24/7 rejimida, HD formatida ishlaydi, o'zbek (60%), rus (30%), ingliz (10%) tillarida faoliyat yuritadi.