Issiq havo oqimi sababli kunduz kunlari havo harorati koʻtariladi.
Maʼlumotga koʻra: Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;
Fargʻona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol chang toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Meteorolog olim Erkin Abulahatovning yozishicha, koʻplab hududlarda kuzatuvlar tarixidagi rekord issiqlik koʻrsatgichlari yangilanadi. Bu issiq havo toʻlqini davomli (5 kun) boʻlishi prognoz qilinmoqda. Juda ham koʻplab tarmoqlarga bu issiqlikning taʼsiri yaqqol seziladi.
Toshkent viloyati, xususan, poytaxt Toshkent uchun ham +45 darajalik issiq harorat kutilmasi bu rekord darajadagi issiqlik koʻrsatgichidir. 1870-yildan buyon poytaxt Toshkentda havo harorati +45 darajaga yetmagan.