«Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Aso janoblari bilan samarali uchrashuv bo'lib o'tdi, - deb  yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Palataning O'zbekistonda filialini ochish tashabbusini olqishlaymiz. Bu xalqlarimizni bog'lovchi yana bir muhim ko'prik bo'lib, qo'shma loyihalarni birgalikda ro'yobga chiqarish va, ayniqsa, yoshlarning ulkan salohiyatidan foydalanishda yangi imkoniyat bo'lib xizmat qiladi».

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi notijorat tashkiloti bo'lib, 40 yoshgacha  bo'lgan odamlarni birlashtiradi.