Oʻzbekistonda muqobil elektr energiyasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli loyiha boshlanmoqda. Loyiha Navoiy viloyatida amalga oshiriladi, hozirda shamol elektr stansiyasini oʻrnatish uchun uskunalar keltirilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu elektr stansiyasi ekologik nuqtayi nazardan barcha talablarga javob beradi.
Qayd etish joizki, shamol elektr stansiyalari atmosferaga zararli tashlamalar chiqarmaydi hamda qayta tiklanuvchi elektr manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, u ekotizim va bioxilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda shamol elektr energiyasini rivojlantirish orqali ortiqcha suv resurslaridan foydalanishning oldi olinadi.
Ahamiyatli jihatlaridan yana biri, shamol elektr stansiyasi aholini hamyonbop elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.