Oʻzbekistonda yil boshidan yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati 591 MVAga oshirildi

    Energetika 29 Avgust 2022 773

    Yil yakuniga qadar yana 5 ta podstansiyada (1025 MVA) quvvat oshiriladi.

    Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022-yilning oʻtgan 7 oyi davomida olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati qoʻshimcha 591 MVA (megavolt amper)ga oshirildi.

    Buning natijasida Surxondaryo, Samarqand va Jizzah viloyatlari hamda Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvat oʻtkazish qobiliyati yaxshilandi.

    Xabarda taʼkidlanishicha, yil yakuniga qadar yana 5 ta podstansiyada (1025 MVA) quvvat oshiriladi. Natijada respublikamizdagi 7 ta viloyat hamda Toshkent shahridagi jami 11 ta podstansiyada 1 616 MVA quvvat oshirilishiga erishiladi.