O'zbekistonda yirik gabaritli elektr uzatish tarmog'i ishga tushiriladi

    Energetika 11 Iyun 2020 2185

    “Navoiy issiqlik elektr stantsiyasidan 220 kVli "Besopan" o'chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog'ini 500 kVli gabaritda qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan 2022 yilning dekabr` oyida ishga tushiriladigan "Navoiy issiqlik elektr stantsiyasidan 220 kVli "Besopan" o'chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog'ini 500 kVli gabaritda qurish" investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari hamda "Navoiy issiqlik elektr stantsiyasidan 220 kVli "Besopan" o'chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog'ini 500 kVli gabaritda qurish investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan ETTB krediti buyicha asosiy qarzni so'ndirish, foiz va yig'im to'lovlarini to'lashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

    Qarorga ko'ra, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ loyihaning samarali amalga oshirilishi va ETTB kreditidan maqsadli foydalanish uchun mas'ul tashabbuskor hamda kredit oluvchi hisoblanadi. Kreditni so'ndirish, foiz va komissiya to'lovlarini to'lash bilan bog'liq harajatlar "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.