“Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlarida toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilanishicha, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladi.
Ularning mablagʻlari faqat yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli sarflanadi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamgʻarmasi bor. Bu jamgʻarma 2020-yilda prezident qaroriga binoan tashkil etilgan. Jamgʻarma maqsadi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishdan iborat.








