Bu yil ham yurtimizda yosh o'g'il-qizlar orasida o'tkir respirator kasalliklarning davriy ko'tarilishi kuzatilmoqda.
Ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi esa Toshkent shahri aholisi hissasiga to'g'ri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.
Vazirlik bunga qarshi choralar ishlab chiqdi:
➖Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida o'tkir respirator virusli infektsiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan o'rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi.
➖So'nggi kunlarda aholidan haroratining ko'tarilishi, yo'tal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli “103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo'lgan 40 ta avtomashina qo'shimcha ajratildi.
➖Shu yilning 25 noyabridan vazirlik tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta to'liq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratiladi.
➖Bugungi kunda poytaxtimizdagi 12 ta ko'p tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha bo'lgan muddatda chaqiruv bo'yicha tibbiy brigadalar faoliyati yo'lga qo'yildi.