Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi boshligʻi Mashrab Razzoqov xabar berdi.
Uning aytishicha, YTHlarining 49,3 foizi yoʻl infratuzilmasi toʻgʻri tashkil etilmaganligi sabab sodir boʻlgan.
Shuningdek, 1315 ta (20,4 foizi) YTHlariga inson omili (tezlikni oshirish, haydovchining tajribasizligi kabilar) bilan bogʻliq boʻlgan holatlar sabab boʻlgan. Respublika boʻyicha 884 ta joyda piyodalar oʻtish joylari tashkil etilmaganligi aniqlangan.