FaceID – bu biometrik identifikatsiya tizimi. U shaxslarni hayotiy baholash orqali ishonchli identifikatsiya qilish imkonini beradi va biometrik hujumlardan himoyalaydi.
FaceID – xizmat koʻrsatish sohalariga murojaat etilganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida ishonchli identifikatsiyani taʼminlovchi kompleks yechim hisoblanadi.
Qayd etilishicha, FaceID imkoniyati elektron hukumatning axborot resurslari va axborot tizimlari, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda, davlat tashkilotlari hamda tijorat banklari faoliyatida juda qoʻl keladi.
Taklif etilayotgan tizim AQSHning Standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) Milliy reytingida yetakchi oʻrinda. Verifikatsiya va identifikatsiya yoʻnalishlarida TOP-10 ga kiradi.
FaceID dan foydalanish afzalliklari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga murojaat qilishingiz mumkin.