Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi. Markazi Boysun tumani

    Voqea-hodisalar 12 May 2022 1510

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 12.05.2022 15:27 da (12.05.2022-yil, Grinvich boʻyicha 10:27 da) zilzila sodir boʻldi. Episentr: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani.

    Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-gʻarbda.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

    Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km.

    Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.

    Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km.

    Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.

    Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.

    Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.

    Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.

    Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km.

    Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km.

    Fargʻona viloyatida 2 ball, 496 km.