Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-gʻarbda.

Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km.

Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.

Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km.

Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.

Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.

Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.

Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.

Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km.

Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km.

Fargʻona viloyatida 2 ball, 496 km.