Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi “Moddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 227-son qarori qabul qilindi.
Birinchi bosqichda Davlat sanʼat muzeyi, “Oʻzbekiston” va “Shodlik” mehmonxonalari, “Kosmonavtlar” metro bekati, Aviatsiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 11 ta yangi obyekt roʻyxatga kiritildi, 10 ta obyektning maqomi oʻzgartirildi.
Jamgʻarma, shuningdek, yuqorida qayd etilgan modernistik uslubdagi binolarni YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritish uchun nomzodnoma tayyorlamoqda.