ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti boʻlib, dunyo boʻylab 180 ta mamlakatlaridagi milliondan ortiq tashkilotlarni sertifikatlashtirgan. ISO 9001 standarti asosan boshqarish mexanizmidir. Ushbu standartning maqsadi - xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yoʻq qilish va oldini olishga qaratilgan.
Davlat dasturining 18-bandiga asosan, Vazirlik va idoralarda ish yuritish va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish belgilangan. Bunda Vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining ISO 9001 xalqaro standartini joriy qilish maqsadida, 67 ta vazirlik va idoralar roʻyxati shakllantirildi.
Xalqaro sifat menejmenti tizimini joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar reja loyihasi namuna shaklida ishlab chiqilib, roʻyxatga asosan vazirlik va idoralarga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritildi.
Bugungi kunda 25ta vazirlik va idoralar tomonidan ISO 9001 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Gidrometeorologiya xizmati markazilari faoliyatiga ISO 9001 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan.
Davlat dasturinig 28-maqsadi - Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd AQSH dollariga yetkazish belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilayotgan mahsulotlarning xorijiy davlatlarda raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini oshirish hamda koʻlamini kengaytirish, yuzaga kelayotgan texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarishda va xizmat koʻrsatishda xalqaro standartlarning oʻrni katta.
Hozirda Korxonalarning eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishlari uchun, xalqaro standartlarni joriy etish va xalqaro sertifikatlar olishda doimiy ravishda koʻmaklashilmoqda.
Bugungi kunda yirik eksportyor korxonalarga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bilan ishlash boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan 1 259 ta yirik eksportchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimlarini joriy etilganligi va joriy etishga ehtiyoji mavjud korxonalarning tarmoqlar kesimidagi tahlili oʻtkazildi.
Taxlil natijasida 434 ta korxonada xalqaro menejment tizimlari joriy etilganligi aniqlandi.
Shuningdek, xalqaro menejment tizimlarini joriy etishga ehtiyoji mavjud 179 ta korxonada hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan 150 ta korxonada xalqaro sifat menejment tizimlarini joriy etish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.
Viloyat hokimliklari bilan korxonabay ishlarni tashkil etish natijasida 295 ta korxonada xalqaro sifat menejment standartlarini joriy qilishning tarmoq grafiklari tasdiqlandi.
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati 143 ta, qurilish materiallari 65 ta, toʻqimachilik 55 ta, kimyo 9 ta, mebel-yogʻochsozlik 7 ta, ipakchilik 4 ta, elektrotexnika 3 ta, charm-poyabzal 3 ta, mashinasozlik 3 ta, farmatsevtika 2 ta, parrandachilik 1 ta.
Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining jami 205 ta tuman va shaharlarida yirik eksportyor, strategik investitsiya loyihalari boʻyicha ishga tushirilgan, maxalliylashtirish dasturi asosida faoliyat yuritayotgan va past quvvatda ishlayotgan korxonalar hamda tadbirkorlik subyektlarining 1666 nafar vakillari uchun xalqaro standartlarni mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etishning istiqbollari, xorijiy davlatlarda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga qoʻyilgan texnik talablarning mazmun-mohiyati va xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etishning afzalliklari mavzulari boʻyicha seminar-treninglar tashkil etildi.