Aqliy markazlar reytingi har yili eʼlon qilinadi. 2020-yil hisobotiga koʻra, dunyo boʻylab 11 ming 175 ta aqliy markaz mavjud.

Tadqiqotda aqliy markazlar vakillari, shuningdek, toʻrt mingga yaqin jurnalist, siyosatchi, iqtisodiy va siyosiy ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovga asoslanadi.

Reytingda ishtirok etuvchi markazlar global va mintaqaviy taʼsir darajasi boʻyicha, shuningdek, tadqiqotlar yoʻnalishi boʻyicha joylashtirilgan.

Biz uchun asosiy nominatsiyada — “Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida eng yaxshi aqliy markazlar” reytingida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 58 ta aqliy markaz roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi.

Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 10 ta aqliy markaz roʻyxatiga Qozogʻiston strategik tadqiqotlar instituti, Kavkaz ilmiy-tadqiqot markazi (Ozarbayjon), Afgʻoniston tadqiqot va baholash guruhi, Kavkaz tinchlik, demokratiya va taraqqiyot instituti (Gruziya), Siyosiy tadqiqotlar instituti (Gruziya), Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Qozogʻiston), Ogʻaxon fondi (Afgʻoniston), Armaniston milliy va xalqaro tadqiqotlar markazi, Osiyo fondi (Afgʻoniston), Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Oʻzbekiston) kiritilgan.

Reytingda Afgʻoniston (46), Armaniston (32), Ozarbayjon (20), Gruziya (36), Qozogʻiston (43), Qirgʻiziston (29), Tojikiston (9) va Oʻzbekiston (13) aqliy markazlari oʻrin olgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati