Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning 31 ta tijorat banki uchun “Banklar faollik indeksi”ni yangiladi. Uning asosida banklarning choraklik reytingi tuziladi.
“Kapitalbank” joriy yilning uchinchi choragida yirik banklar faoliyati reytingida yetakchilikni saqlab qoldi. “Hamkorbank” (2-oʻrin) va “Trast bank” (3-oʻrin) oʻzaro oʻrin almashishdi.
Iyul oyida 5-pogʻonani band etgan “Ipoteka-bank” birdaniga uch pogʻona pastlab, reytingning 8-qatoriga tushib ketdi.
Asaka bankning moliyaviy vositachiligi va kapitalning yetarliligi boʻyicha koʻrsatkichlari biroz yaxshilanganiga qaramay, umumiy reytingda soʻnggi oʻrinni egallab turibdi.
14 ta kichik banklar orasida joriy yilning uchinchi choragida yetakchilikni “Davrbank”, “Universal bank” va “Ziraat bank” egalladi.
Bunga moliyaviy kapitalning yetarliligi va aktivlarning sifat koʻrsatkichlarining yaqqol yaxshilanishi kabilar sabab boʻlgan.