Oʻzbekistondagi isroilliklardan ommaviy joylarda yahudiy yoki Isroil ramzlarini namoyish qilmaslik soʻraldi

    Xavfsizlik 17 Iyun 2025 681

    Soʻnggi voqealar tufayli Isroilning Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida boʻlgan isroilliklarni ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirdi.

    Qayd etilishicha, Isroil fuqarolaridan quyidagi talablarga qatʼiy amal qilish soʻralgan.

    • Ommaviy joylarda yahudiy yoki Isroil ramzlarni namoyish qilishdan saqlanish;
    • Ijtimoiy tarmoqlarda joylashuvi yoki harakat rejalari haqida maʼlumot bermaslik;
    • Isroil yoki yahudiylik bilan bogʻliq ommaviy tadbirlardan chetda boʻlish;
    • Mahalliy xavfsizlik xizmati koʻrsatmalariga toʻliq amal qilish va tahdid holatida darhol ularga boʻysunish;
    • Ommaviy joylarda yanada hushyorlikni oshirish.
    • Faqat ishonchli ilovalar orqali taksi chaqirish, notanish mashinalarga oʻtirmaslik.

    Shuningdek, Isroilning Oʻzbekiston hududidagi fuqarolari +998-93-172-58-00 raqamiga yoki Isroil hukumatining “Nativ“ tashkilotiga tegishli favqulodda aloqa markaziga +998-90-054-81-39 raqami orqali yordam olish uchun murojaat qilishlari mumkinligi aytilgan.