Oʻquvchilar, ayniqsa nogironligi boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirishni maqsad qilgan memorandumga muvofiq tekbol bilan oʻynash uchun 10 mingta maktab bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan taʼminlanadi.

Tekbol butun dunyoda juda tez suratlarda rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri sanaladi. Mazkur sport turi yordamida 5-6 xil sportni mujassamlashtirish mumkin. Bu esa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda juda qoʻl keladi.