Uchrashuvda bir qator istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Shu jumladan;

  • Oʻzbekiston yoshlarini ilgʻor texnologiyalarga oʻrgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
  • Germaniyalik mutaxassislarga Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish;
  • Oʻzbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi va Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya taʼlim vazirligining “ANABIN” axborot bazasiga kiritilishi muhokama qilindi.