Xabarda aytilishicha, bundan koʻzlangan maqsad xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yoʻlovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirishdir.

Qatnovlar quyidagi davlatlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qozogʻiston Respublikasiga

Buxoro – Turkiston

Urganch – Aktau

Fargʻona – Olmaota (Tojikiston orqali)

Tojikiston Respublikasiga

Samarqand – Dushanbe

Buxoro – Dushanbe

Qirgʻiz Respublikasiga

Andijon – Oʻsh

Andijon – Jalolobod

Andijon – Arslanbob

Kosonsoy – Jalolobod

Buxoro – Bishkek

Rossiya Federatsiyasiga

Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva

Urganch – Nukus – Ufa

Nukus – Krasnodar

Toshkent – Ufa

Toshkent – Krasnodar

Xitoy Xalq Respublikasiga

Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi

Muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishi mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.