Shu bilan birga, yoʻlovchi turi va fuqaroligi boʻyicha avval joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.

Transport vazirligining maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistoniga parvozlarda umra mavsumi yakunlanayotgani sababli barcha ziyoratchilar mamlakat qonunchiligiga muvofiq oʻz vaqtida Saudiya hududini tark etishi shart.

Shu munosabat bilan aeroportlar Saudiyaga uchib ketayotgan yoʻlovchilarda qaytish aviachiptasi mavjudligini tekshirishi, qaytish chiptasi boʻlmagan yoʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarni esa “Oʻzaviatsiya” agentligiga taqdim etib borishi belgilandi.

Shuningdek, umra ziyoratchilarini tashish ishlari faqat Din ishlari boʻyicha qoʻmitadan litsenziya olgan turoperatorlar orqali amalga oshirilishi lozim.

Transport vazirligi tegishli idoralar bilan hamkorlikda vaziyatni doimiy monitoring qilib borishini maʼlum qildi.