Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga qiymati 66,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 207,5 million litr avtomobil benzini import qilingan.

Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):

Rossiya – 39,0 million;

Turkmaniston – 22,5 million;   

Qozogʻiston – 4,6 million;

Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar (AQSH dollarida):

Toshkent shahri – 46,7 million;

Fargʻona viloyati – 8,7 million;

Buxoro viloyati – 4,7 million;

Samarqand viloyati – 2,2 million;

Sirdaryo viloyati – 1,8 million;

Namangan viloyati – 1,3 million;

Toshkent viloyati – 424,0 ming;

Xorazm viloyati – 293,6 ming;

Qoraqalpogʻiston R. – 133,9 ming;

Qashqadaryo viloyati – 69,0 ming.