Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga 3-avlod indikator va monitoring mobil laboratoriyasi taqdim etildi.
Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligida Rossiya Federatsiyasining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari — bosh davlat sanitariya vrachi Anna Popova boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.
“Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ikki davlat oʻrtasida aholining sanitariya-epidemilogiya osoyishtaligini taʼminlash, oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida hozirda 5 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilayotgani, kelgusida ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish sohani takomillashtirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Ushbu zamonaviy laboratoriya bakterial va virusli oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi tezkor choralar koʻrish, epidemiologik tekshiruvni amalga oshirish, jumladan, biologik material yoki bevosita infeksiya oʻchogʻidagi atrof-muhit obyektlarining oʻziga xos koʻrsatkichlarini yigʻish hamda namunalar olishga moʻljallangan.

Laboratoriyadan favqulodda vaziyatlarda yuqumli kasalliklarning tabiiy oʻchoqlariga kirib borib, epidemiologik va epizootologik monitoring oʻtkazishda foydalanish mumkin. Unda diagnostik tadqiqotlar PZR, Immunoferment tahlili (IFA), Immunoxromatografik tahlil (IXA), fluorestik antitanalar usuli (MFA) yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy avtolaboratoriya biologik xavfsizlikni taʼminlash vositalari, xususan, havo toʻlqinini nazorat qiluvchi tizim, 3-avlod mikrobiologik xavfsizlik va PZR bokslari, shaxsiy himoya vositalarini yechish uchun izolyasiya qilingan xona, masofadan turib boshqariluvchi ultrabinafsha dezinfeksiya tizimi, materialning laboratoriyaga kiritilishi uchun shlyuz-kamerasi bilan jihozlangan.