Qarorga koʻra, Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) kredit mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FTA tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat qiluvchi organ hisoblanadi.
Mazkur kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi amalga oshiriladi
Qarorga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul organ etib belgilandi, deb xabar beradi Dunyo AA.